Vladimir Andreev: "O'zimiz yaratgan kam sonli vaziyatlardan foydalana olmadik"

Sherzod Nurmatov
20 noya 2020, 21:53
Superliga 23-turdan o'rin olgan "Navbahor"-"Surxon" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar murabbiy Vladimir Andreev fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin ob-havoga yarasha o'tdi."Navbahor" maydoni yaxshi  holatda ekan. Havo sovuq bo'ldi. Raqib kombinacion o'yin ko'rsatdi, vaziyatlar yaratdi. Darvozabonimiz penaltini qaytardi, buning uchun unga katta rahmat aytib qolaman. Biz o'zimiz yaratgan kam sonli vaziyatlardan foydalana olmadik. Maydon holati yaxshi va sifatli edi.

Biz uchun har bir bahs oxirgisi. Ochkolar kerak. Har bir ochko qadrli. Vazifa – bu holatdan chiqib ketish. 

Kubokdan avval chempionat turibdi. Kubokdagi ishtirokimizni safarda "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yin bilan boshlaymiz. Ungacha esa vaqt bor. 

Bubanya haqidagi savolga men javob bera olmayman. Buni rahbariyat hal qiladi va echim topadi. 

Ayni paytda men bosh murabbiy vazifasini bajaruvchiman. Ravshan Haydarov ma'lum vaqt davolandi, terma jamoa bilan yig'in o'tkazdi. 

"Neftchi"ga o'tishim haqidagi gaplar faqat mish-mish. Men bu borada o'ylab ham ko'rmaganman. Quruq gaplar har doim bo'lgan", – deydi Vladimir Andreev.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia