Vitaliy Levchenko: "Derbilarda har doim kurash bo'ladi"

Administrator
30 apr 2025
O'zbekiston kubogi 2-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "FarDU" (3:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Ikki jamoa ham yaxshi harakat qildi. Derbilarda har doim kurash bo'ladi. Birinchi bo'limda o'yinda o'yinni nazorat qildik, to'p ko'proq bizda bo'ldi. Ikkinchi bo'limda sxemalar bir oz o'zgardi, raqib ham faollashdi. Umuman olganda, yaxshi o'yin bo'ldi. Jamoalarni tomoshabop futbol bilan tabriklayman.

- Bugun raqib darajasidan kelib chiqib yoshlar bilan aralash tarkibni maydonga tushirishingiz kutilgandi. Biroq, siz o'yinni asosiy tarkib vakillari bilan boshladingiz. Shu vaziyatga izox bersangiz...

- Har bir o'yinda natija muhim. Biz har bir raqibga hurmat bilan qaraymiz. O'tgan turdagi o'yin qoldirilgan. Bugun biz jamoamiz futbolchilarimizni "So'g'diyona" bilan o'yinga jismoniy jihatdan tayyorlab ham oldik.

- Ibrohimhalil Yo'ldoshevning diskvalifikaciyasi "So'g'diyona" bilan o'yin oldidan yakuniga etdimi?

- Ha, u ikkita o'yinni o'tkazib yubordi. Ikkita o'yinga chetlatilgan edi. Keyingi uchrashuvda maydonga tusha oladi. Mashg'ulotlarda ishlayapti, hozir u maydonga tushish uchun to'liq tayyor.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia