

"Birinchi bo'limni yaxshi boshladik, to'p nazorati, hujumlar tashkillashtirish, himoyada o'yinimiz ko'ngildagidek edi. Uchrashuvning ikkinchi qismida biz o'yinni raqibga topshirib qo'ydik va bundan raqib foydalanib qoldi. "Sho'rtan" bir nechta xavfli vaziyatlar yaratishdi. Vaziyatni o'nglagan yigitlarga rahmat aytaman. Penaltiga keladigan bo'lsak, bu lotereya va unda 100% gol bulishiga kafolat yo'q. Ushbu standartda ruhiyat katta ahamiyatga ega. Urilmagan golda futbolchini ayblamayman" - deydi murabbiy.


