Vitaliy Legay: "Sho'rtan"da ishlaganman va u yerda yoshlarga bo'lgan e'tibor haqida yaxshi bilaman"
Narzulla Saydullayev
28 may 2016, 13:45
"Andijon" yoshlar jamoasi bosh murabbiyi Vitaliy Legay asosiy jamoaning "Sho'rtan"ga qarshi bahsi haqida fikr bildirdi.
"Sho'rtan"da ishlaganman va u yerda yoshlarga bo'lgan e'tibor haqida yaxshi bilaman. Qashqadaryolik yoshlar orasida kuchli futbolchilar etarlicha. "Sho'rtan" kelajakka e'tibor qaratyapti. O'yin oson bo'lmasligi aniq" - deydi yoshlar murabbiyi.