Vitaliy Denisov: "Lokomotiv"ga qaytishim uchun klub ham shuni xohlashi kerak"

Aslanov Jasurbek
25 dek 2018, 11:55
Transfer huquqi Moskvaning "Lokomotiv" klubiga tegishli bo'lgan "Krilya Sovetov" himoyachisi Vitaliy Denisov "temiryo'lchilar" safiga qaytish imkoniyatlari haqida gapirdi.

- Nega "Loko"da yig'in o'tkazib, ijara asosida "Krilya"ga o'tdingiz?

- Yoshim 31da. Bunday paytda zaxirada imkoniyat kutish qiyin, ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni xohlaysiz. Ammo jarohatlardan so'ng asosiy tarkibdagi joyimni yo'qotib qo'ydim. Bu Samaraga yo'l olishimning asosiy sababi.

"Loko"ni janjallarsiz tark etdim. Agentim qo'ng'iroq qildi va Tixonov meni o'z jamoasida ko'rmoqchi ekanligini aytdi. Bu variant meni qoniqtirdi va klublar tezda kelishib olishdi.

- Sizni Tixonov chaqirgan, hozir esa Bojovich qo'l ostida o'ynayapsiz.

- Bu mutaxassis bilan "Lokomotiv" orqali yaxshi tanishmiz. Shu sababli murabbiy o'zgarishini xotijam qabul qildim. Maydonga chiqishda davom etayotgan ekanman, demak, Bojovich menga ishonyapti.

- "Krilya" sizni mavsum oxirigacha ijaraga oldi. Moskvaga qaytishni istarmidingiz?

- Bu yerda faqat mening xohishim kamlik qiladi. "Lokomotiv" ham shuni istashi kerak. Hammasini bosh murabbiy hal qiladi. Ammo oldindan bir narsa demagan bo'lardim.

Hozir bor fikrim "Krilya Sovetov"ga yordam berishga qaratilgan" - deydi Denisov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Советский спорт