Vitaliy Legay "Chust-Paxtakor"da ishga kirishdi

Narzulla Saydullayev
26 fev 2014, 12:08
Avval xabar berganimizdek, Vitaliy Legay yaqinda birinchi liga vakili "Chust-Paxtakor"da ish boshladi.
Yangi murabbiy boshchiligida mashg'ulotlar kuniga bir mahaldan o'tkazilmoqda. Unda 50ga yaqin mahalliy yosh futbolchilar ko'rikdan o'tkazilmoqda. Bosh murabbiy yangi o'yinchilarni saralab olish maqsadida bugun tushlikdan so'ng futbolchilarni ikki tarkibga ajratgan xolda o'yin tashkil etishni rejalashtirgan. Aynan mazkur bahsdan keyin ayrim o'yinchilarning taqdiriga oydinlik kiritiladi.

Legayga murabbiylar shtabida hozircha Aleksandr Lyan yordam bermoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif