Vitaliy Denisov: "Zenit" - yulduzlar klubi? Xalkdan tashqari kim yulduz?"

Aslanov Jasurbek
7 iyul 2015, 12:43
O'zbekiston terma jamoasi va "Lokomotiv" yarim himoyachisi Vitaliy Denisovning fikricha, "Zenit" yulduzlar klubi emas.

12 iyul kuni Pityerda "Zenit" va "Lokomotiv" o'rtasida Rossiya Superkubogi uchun bahs bo'lib o'tadi.

"Nima deganingiz - yulduzli "Zenit"? Masalan, kim? Xalk? Garay, Vitsel, Xavi Garsiya? Xalk - ha, ammo qolganlari... Yigitlar yaxshi chempionatlarda o'ynashgan, ammo ularga katta baho bermagan bo'lardim. "Amkar"ga qarshi o'yinni olsak - 0:1. Kubok o'yini - bu boshqacha uchrashuv, uni hech narsa bilan solishtirib bo'lmaydi. "Real" yoki "Barselona" bilan o'ynasang ham. Bu bitta bahs va hammasi tez hal bo'ladi. Yutasan yoki mag'lub bo'lasan. Bu chempionat emas.

Biz hammamiz odamlarmiz, barchamizning tomirimizda qon oqib turadi. Kimda xohish katta bo'lsa o'sha g'olib. Qo'rqinchli hech narsa yo'q. Pityerda o'ynaymiz. Uyda devorlar ham yordam beradi, ammo o'yin taqdiri tribunada emas, maydonda hal bo'ladi" - deydi Denisov.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com