Vitaliy Denisov "Lokomotiv" bilan Rostovga uchadi

7 mar 2015, 00:09
Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi Cherkizovada Rossiya chempionatining ikkinchi davra o'yinlariga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda.
"Temiryo'lchilar"ning asosiy tarkibidagi barcha futbolchilar mashg'ulotlarda ishtirok etishdi. Renat Yanbaev hamda Alan Kasaevlar ham jarohatlaridan forig' bo'lishgan va umumiy guruh bilan shug'ullanishda davom etishmoqda.
Hamyurtimiz Vitaliy Denisov "Rostov" bilan bo'ladigan o'yinda ishtirok etish-etmasligi so'roq ostida turibdi. Vitaliy Denisov jamoa bilan birga Rostovga uchadi va uning maydonga tushishi uchrashuvdan oldin ma'lum bo'ladi.

Manba: soccer.ru