Visente Del Boske: Gruziyadan uchralgan mag'lubiyat hech nimani o'zgartirmaydi

Narzulla Saydullayev
8 iyun 2016, 08:02
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Visente Del Boske Gruziyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng (0:1) o'z fikrlarini bildirdi.

Xafsalamiz pir bo'ldi. Jamoam yomon o'ynamadi, shunchaki gol ura olmadik. Raqib himoyada juda tartibli o'ynab berdi.

Oldinda bizni katta musobaqa kutib turibdi, bu mag'lubiyat bizga ta’sir qilmasligi kerak. Yevropa chempionatiga hech qanday qo'rquvsiz boramiz. Gruziyadan uchralgan mag'lubiyat hech nimani o'zgartirmaydi, – deydi Del Boske.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com