
– O'yin qiyin bo'ldi, – deydi Del Boske Football Espana nashriga. – Raqib kuchsiz deb qarash kerak emas. Finlyandiya tartibli o'ynadi va bizga katta tashvish tug'dirdi. Raqib bir necha bor xavfli hujumlar tashkil qildi, ammo himoyachilarimiz yaxshi o'ynashdi. Bugungi uch ochko juda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.