Vinisiusning talablari ma'lum. Uning talablarini “Real“ qabul qilishga tayyor emas

Khoja
28 iyun 2025, 10:50
Vinisius Junior va “Real Madrid“ yangi shartnoma bo'yicha kelisha olmayapti.

Braziliyalik futbolchi yiliga 30 million evro maosh olishi maqsad qilgan. Biroq Peres bu summani berishga tayyor emas.

Eslatib o'tamiz, Vinisiusning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakunlanadi. Uning hozirgi yillik maoshi 20 million evroni tashkil qiladi.

Braziliyalik vinger o'tgan mavsum 55 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 22 ta gol va 19 ta golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com