Vinisius: "Umidni oqlamaganimni bilaman"

Tolibjon Qosimov
11 sen 2024
Bugun tongda JCH-2026 saralashi Janubiy Amerika mintaqasi doirasida Braziliya terma jamoasi Paragvay mehmoni bo'ldi.

Uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Uchrashuvdan keyin terma jamoa vingeri Vinisius Junior fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz murakkab vaziyatdamiz, undan imkon qadar tezroq chiqishga harakat qilamiz. Bunday darajada o'ynab bo'lmaydi. Umidni oqlamaganimni bilaman, lekin har doim ham gol urish nasib qilavermaydi. Boz ustiga, Yevropada tezlik yuqori va maydon yaxshiroq", - dedi Vinisius.

Eslatib o'tamiz, Braziliya ayni paytga kelib saralashda 8 o'yindan to'rttasida yutqazdi va bor yo'g'i 10 ochko bilan jadvalda 5-o'rinda ketmoqda.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Globo