

Ma'lumotlarga ko'ra, Madrid klubi braziliyalik bilan shartnomani yozda yangilamoqchi. Amaldagi kelishuv 2027 yilda yakuniga etadi.
Ayni damda yiliga 10 mln. evro ishlab topadigan vinger uning yangi bitimidagi maosh Kilian Mbappenikiga yaqin bo'lishini istayapti.
Eslatib o'tamiz, Saudiya Arabistonidagilar hali ham 24 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Al Ahli" unga 5 yillik bitim va 1 mlrd. evrodan ko'proq pul taklif qilgan, ammo bular tasdiqlanmagan.
Braziliyalik joriy mavsum LaLiganing 14 ta uchrashuvida 8 ta gol urib, 5 ta golli pas bergan.



