Vinisius: "Men qo'shishim kerak"

Alisher
17 mar 2021, 15:20
"Real" forvardi Vinisius Junior CHL 1/8 final "Atalanta"ga qarshi javob o'yinidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Qaymoqranglilar" bahsda 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

"Biz g'alabaga erishdik va bu eng muhimi. O'yinimga kelsak, men qo'shishim kerak. Keyingi vaziyatimdan foydalanaman deb umid qilaman.

Men kuchliroq bo'lish uchun har kuni ko'p ishlayman", - deydi hujumchi.

Vinisus Italiya jamoasiga qarshi o'yinda ko'plab vaziyatlar yaratdi, ammo yakun omadli chiqmadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com