Vinisius: "Mbappe hozirda Ronaldu va Messi bilan bir qatorda"

Alisher
31 okt 2021, 15:11
"Real" forvardi Vinisius Junior Kilian Mbappe bilan bir jamoada harakat qilishni xohlaydi.

Fransiyalik futbolchi "Real"ga o'tishga qattiq intilmoqda. Bu transfer kelasi yozda amalga oshishi mumkin, Mbappening PSJ bilan bitim mavsum so'nggida yakunlanadi.

"Barcha Mbappe bilan bir jamoada o'ynashni xohlaydi. U hozirda Ronaldu va Messidek katta o'yinchi. Mbappe yangi avlodni namoyish etadi va u uzoq yillar davomida yuqorida bo'ladi", - deydi Vinisius.

Eslatib o'tamiz, "Real" kecha "Elche" (2:1) ustidan Vinisiusning dubli evaziga g'alaba qozondi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: TNT Sports