Vinisius Mbappe, Bellingem va Endrikning "Real"ga o'tishida ta’sir qilgan

Alisher
21 iyul 2024, 20:58
"Real" forvardi Vinisius Junior klubning transferlariga ta’sir qilgan.

24 yoshli braziliyalik madridliklarning "norasmiy agenti" hisoblanadi. U ehtimoliy o'tish mavzusida Kilian Mbappe, Jud Bellingem va Endrik bilan gaplashgan holda, ularni "Real"ga o'tishga ko'ndirgan. Yakunda ularning barchasi Madrid klubi o'yinchilariga aylandi.

Vinisius hozirda "Real" qiziqayotgan "Bavariya" himoyachisi Alfonso Devis bilan aloqada bo'lib turibdi.

Vinisius 2018 yildan beri "Real"da o'ynaydi. Forvard o'tgan mavsum 39ta o'yinda maydonga tushib, 24ta gol va 11ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS