Vinisius, Leau yoki Xvicha: dunyoning eng yaxshi chap qanot vingeri e'lon qilindi

Omonjon To`xtamirzayev
1 okt 2024, 11:55
Britaniyaning FourFourTwo portali navbatdagi reytingni e'lon qildi.

Bu safar portal jurnalistlari dunyo futbolidagi chap qanot vingerlarining TOP-10ni tuzishdi. Ro'yxatni shakllantirishda futbolchilarning oxirgi bir nechta mavsumdagi o'yinlari inobatga olingan. 

Birinchi o'rin Madridning "Real" klubi va Braziliya termasi vakili Vinisius Juniorga nasib qildi. Ikkinchi pog'onaga "Milan"dan portugaliyalik Rafael Leau loyiq ko'rildi, kuchli uchlikni – Niko Uilyams ("Atletik") yakunlab berdi. 

Shuningdek, TOP-10dan Xvicha Kvaratsxeliya ("Napoli"), Jeremi Doku ("Manchester Siti"), Luis Dias ("Liverpul"), Gabriel Martinelli ("Arsenal"), Kingsli Koman ("Bavariya"), Mikel Oyarsabal ("Real Sosedad") va Son Xyon Min ("Tottenxem") o'rin olishgan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: FourFourTwo