Vinisius La Ligada noyabrning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi

Aziz Tukhtamuradov
11 dek 2021, 07:35
"Real" yarim himoyachisi Vinisius Junior La Ligada noyabrning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.

U Ispaniya chempionatida noyabr oyidagi uchta o'yinida 2 ta gol urib, to'purarlar ro'yxatida 10 ta gol bilan ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Undan faqatgina jamoadoshi Karim Benzema ko'p gol urgan (12 ta gol). 

Braziliyalik futbolchidan tashqari ushbu mukofotga Antuan Grizman, Xuanmi Ximenes, Diego Lopes, Memfis Depay, Oskar Trexo va Xoselu da'vogarlik qilgandi. 

Oktyabr oyida La Liganing eng yaxshi futbolchisi uchun atalgan mukofot "Real Sosedad" a'zosi Roben Le Normenga berilgandi. 

 





O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: La Liga