Vinisius - Gyulerning "Real"ga o'tishi haqida: "Buyuklarni tanlagan yana bir o'yinchi"

Alisher
6 iyul 2023, 21:57
"Real" hujumchisi Vinisius Junior "Fenerbaxche"ning 18 yoshli yarim himoyachisi Arda Gyuler bilan shartnoma imzolanishi haqida gapirdi.

"Buyuklarni tanlagan yana bir o'yinchi", - deb yozdi Vinisius o'zining twitter sahifasida.

"Real" bugun Gyulerning "Fenerbaxche"dan transferini e'lon qildi. O'yinchi uchun shuningdek "Barselona" da'vogarlik qilgan edi.

Futbolchi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 35ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 7ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/vinijr