Vinisius Braziliyada "xorijda o'ynayotgan eng yaxshi futbolchi" sovrinini qo'lga kiritdi

Aslanov Jasurbek
28 noya 2023, 00:44
Vinisius Junior 2023 yil yakunlariga ko'ra "Oltin samba" sovrini egasiga aylandi.

Har yili topshiriladigan "Oltin samba" sovrini Braziliyadan tashqarida to'p tepadigan eng yaxshi braziliyalik futbolchiga taqdim etiladi.

2021 yilgacha "Oltin samba" sovrini Yevropada o'ynayotgan eng yaxshi braziliyalik o'yinchiga berilar edi. 2021 yildan boshlab bu sovringa boshqa hududlarda to'p tepuvchilar ham nomzod bo'la boshlashdi.

"Real" va Braziliya terma jamoasi vingeri bu sovrinni faoliyatida birinchi marta qo'lga kiritdi.

Ikkinchi o'rinni Neymar, uchninchini esa Markinos egalladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sambafoot