

"Men ikkinchi marta Jahon chempionatida maydonga tushishni orzu qilgandim, biroq bu - futbolning bir qismi. Albatta, Braziliyaning Norvegiyaga yutqazganini ko'rish men uchun og'ir bo'ldi. Men uyda edim, jamoaga muxlislik qildim va u yerda bo'lib, nima bilandir yordam berishni juda xohlardim. Lekin bu - futbol.
Eng asosiysi - o'z ishingni bajarish. Natijalar keyin keladi. Men doimo o'z nazoratim ostida bo'lgan narsalar bilan shug'ullanishim kerakligini yodda tutaman. Menga emas, balki boshqa odamlarga bog'liq bo'lgan jihatlar bor va bu haqda qayg'urmasligim kerak. Terma jamoaga kirish uchun o'z ishimni qilishim va mehnat qilishda davom etishim zarur. Braziliya libosini kiyish - bu o'zgacha tuyg'u", – dedi Antoni.
26 yoshli Antoni Braziliya terma jamoasi safidagi oxirgi o'yinini 2023 yilda o'tkazgan. Umuman olganda, uning hisobida milliy terma jamoada 16 ta bahs va 2 ta gol mavjud.



