
Valyadolid, Ueska va Elche kabi klublarda ishlagan 55 yoshli mutaxassis iste'foga chiqarilgan Kike Setenning o'rnini egalladi.
Pacheta bilan shartnoma mavsum so'ngigacha mo'ljallangan.
Avvalroq sariq suvosti kemasi Real Kastilya bosh murabbiyi Raul Gonsales bilan muzokara olib borayotgani xabar qilingandi.
Vilyarreal La Ligada 4 o'yinda 3 ochko to'plab, 15-o'rinni egallab turibdi. Jamoa navbatdagi bahsni 17 sentyabr kuni Almeriyaga qarshi o'tkazadi.