"Vilyarreal" himoyachisi "Tottenxem"ga o'tishi mumkin

Alisher
13 avg 2021, 11:28
"Tottenxem" "Vilyarreal" himoyachisi Pau Torresni xarid qilmoqchi.

"Shporlar" 24 yoshli o'yinchini o'z saflariga qo'shib olishni qattiq xohlashmoqda. Fabio Paratichi Xarri Keynning klubdan ketish xohishiga qandaydir ta’sir qilish umidi bilan ushbu transfer ustida ishlamoqda.

"Tottenxem" sport direktori Torresni yozda klubdan ketgan Tobi Alderveyreldga ideal o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Futbolchining xaridi londonliklarga 45 million evroga tushadi.

Ispaniyalik himoyachi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 44ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/verobrunati