Vilya Melburn Siti futbolchisi sifatida tanishtirildi

Aziz Tukhtamuradov
30 sen 2014, 19:00
Ispaniya terma jamoasi hujumchisi David Vilya yaqin yarim yilni Avstraliyada Melburn Siti safida o'tkazadi.
32 yoshli futbolchi Nyu-York Sitiga ko'chib o'tgandi, biroq 2015 yil MLS ligasi boshlanguniga qadar yashil qitada davom ettiradi. Avstraliyada mavsum 10 oktyabrda boshlanadi.

Nyu-York Siti va Melburn Siti klublari Manchester Siti xo'jayinlariga tegishli.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru