Vilya Evro-2016da ishtirok etmoqchi va bunga o'zini tayyor deb hisoblamoqda
Aslanov Jasurbek
22 yanv 2016, 12:43
"Valensiya" va "Barselona" sobiq hujumchisi, hozirda "Nyu-York Siti" sharafini himoya qilayotgan David Vilya Fransiyada o'tadigan Yevropa chempionatida ishtirok etmoqchi.
"Bu katta orzu, ammo uning amalga oshishi menga bog'liq emas. Agar terma jamoa bosh murabbiyi Visente del Boskega kerak bo'lsam, men bunga tayyorman" - deydi Vilya.
Vilya 2008 yilda Ispaniya terma jamoasi safida Yevropa chempioniga aylangan edi.