Villian: "Ronaldinyo doim mening kumirim bo'lib qoladi"
Narzulla Saydullayev
28 dek 2013, 08:36
"Chelsi" yarim himoyachisi Villian Ronaldinyoni o'zining kumiri deb hisoblaydi.
- Ronaldinyo nafaqat ajoyib futbolchi, balki g'aroyib inson. U doim mening kumirim bo'lib qoladi. Nazarimda Ronaldinyo futbol tarixidagi eng kuchli uch futbolchilardan biri, - deydi Villian GloboEsporte nashriga.