Villash-Boash: "Beyl hech kim bilan gaplashmayapti"

Narzulla Saydullayev
16 avg 2013, 15:24
"Tottenxem" bosh murabbiyi Andre Villash-Boash klub yarim himoyachisi Garet Beylning holati haqida gapirib berdi.
"Uning miyasida nimalar kechayotganini faqat o'zi biladi, sababi u hech kim bilan gaplashmayapti. Biz ham xuddi OAV singari uni chetdan kuzatayapmiz,u bazaga keladi".

"Biz Beylga "Real" qiziqayotganini bilamiz. Ammo bu biz uni sotamiz degani emas. Jamoaga Garet kerak".

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru