"O'yin ancha qiziqarli kechdi. Bugungi bahsda ikkala jamoada ham ko'plab imkoniyatlar bo'ldi. Ammo chempionatda ham, kubokda ham vaziyatlardan foydalana olmaslik kasalligi bizga pand bermoqda. Buning ustida ishlaymiz", - deb gap boshladi Viktor Jalilov.
"Bugun ikkinchi bo'limda taktikani biroz o'zgartirdik. Shundan so'ng "Lokomotiv" markazda ustunlikka ega bo'lgani yo'q. Yosh futbolchilarga imkon berishda davom etamiz".
"Kubok bahslarining sanalari o'zgargani albatta ta’sir qildi. Lekin barcha to'rttala klub ham shu kunlarda o'ynashmoqda, demak u qadar katta muammo yo'q".
"Hakamlik borasida gapirishni istamayman. Bugun mag'lub bo'ldikmi demak o'zimiz qayerdadir xato qilganmiz. Javob o'yinida kerakli natijaga erishish uchun harakat qilamiz", - deydi Jalilov.