Viktor Osimxen: "Men 100 mln evrodan qimmatman"

Sherzod Nurmatov
2 okt 2024
"Galatasaroy" hujumchisi Viktor Osimxen o'zini 100 mln evrodan ortiq turishini ta'kidladi.

"Men 100 mln evrodan oshiq turaman. Dunyoda men ega bo'lgan daraja va muvaffaqiyatga erishgan futbolchilar kam. Hammasi mening xususiyatlarim, sifatim va maydonda nimalar qila olishimga bog'liqdir. Men nimalarga qodirligimni yaxshi bilaman va ko'p narsalarni taklif qila olaman, hatto futbol hayotidan tashqarida ham", – dedi Osimxen.

Eslatib o'tamiz, 2024 yil yozgi transfer oynasida Osimxen katta klubga o'ta olmaganida sarosimaga tushib qolgan, garchi Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubi uni safiga qo'shib olishga uringan bo'lsa-da, nigeriyalik hujumchi bu transferdan bosh tortgandi. Yakunda u 2024/25 yilgi mavsum uchun "Galatasaroy" bilan ijaraga shartnomasi tuzdi va u erda hozirgacha oltita o'yinda 2 ta gol urdi va 4 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Alfredopedulla.com