Viktor Kumikov: "Shahboz Erkinovda jarohat bor edi"

Оқил Абдубарноев
5 iyun 2022, 23:21
Pro-liganing 11-turidan o'rin olgan "Yangier" - "Andijon" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

- Uchrashuv davomida ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik. So'ngi zarbalarda aniqlik va sovuqqonlik yetishmayapti. "Yangier"ga yaqindagina bosh murabbiy tayinlandi va jamoa ko'rsatatayotgan natijalari yomon emas. Bizda o'yin yomon emas, vaziyatlardan foydalanish borasida ozroq kamchiliklarimiz bor.

- Komilov asli himoyada o'ynardi. Bugun u hujum chizig'ida harakat qildi. Buning sababi nima?

- U aslida yarim himoyachi. Vaziyat talab etgani uchun himoyada o'ynab turgandi. Bugun u hujumda ko'proq zarur edi.

- Jamoa to'purari Shahboz Erkinov zaxirada qolganini qanday izoxlaysiz?

- Erkinov mashg'ulotda jarohat olgandi. Shu sababdan bugun uni zaxiradan maydonga tushirdik.

- "G'ijduvon" va "Yangier" jamoalari bilan qayd etilgan durang Superliga  yo'llanmasi uchun imkoniyatlarni pasaytirib yubormadimi?

- Yo'q, hali oldinda vaziyatni to'g'rilash uchun etarlicha vaqt bor.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia