Viktor Kumikov: "Oddiy gollarni o'tkazib yubordik"
Aslanov Jasurbek
27 sen 2017
"Olmaliq" hamda "Lokomotiv" o'rtasidagi uchrashuvdan (1:3) so'ng, mezbonlar bosh murabbiyi o'yin borasida o'z fikrlarini aytib o'tdi.
O'yinni yaxshi boshladik, birinchi taymda tenglik kuzatildi. Bugun nimaga qodir bo'lsak, shunga yarasha o'yin ko'rsatdik. Afsuski, raqib juda oson tarzda gollar urib ketdi. "Lokomotiv"dek jamoaga qarshi bunday xatolarga yo'l qo'ymaslik kerak.