Viktor Kumikov: "Ishqibozlarning turli xayqiriqlari futbolchilarga bosim yuklashi mumkin"

Narzulla Saydullayev
30 sen 2017, 22:39
"Olmaliq" - "Neftchi" (1:2) bahsidan so'ng mezbonlar ustozi Viktor Kumikov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- G'alaba qozonish uchun gol urish kerak. Biroq biz xattoki, birga-bir vaziyatda ham gol ura olmadik. So'nggi bahslarda biroz omadimiz kelmayapti. Muxlislardan jamoamizni qo'llab-quvvatlashni so'rardim. Chunki stadiondagi ishqibozlarning turli-xil xayqiriqlari futbolchilarga qo'shimcha bosim yuklashi mumkin, -  dedi Viktor Kumikov.

"Neftchi" matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia