Viktor Jalilov bilan Amet Memet Andijonda ish boshladi

Narzulla Saydullayev
15 dek 2018
Joriy mavsum Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritgan Andijon jamoasi bo'lajak chempionatga har tomonlama puxta hozirlik ko'rishga intilmoqda.

Jamoa rahbariyati murabbiylar shtabiga tajribali mutaxassislarni jalb etishga qaror qildi. Xususan mamlakatimizdagi taniqli futbol mutaxassislaridan biri bo'lgan Jalilov Viktor Romanovich Andijon futbol klubida sport direktori sifatida faoliyatini boshladi.

O'z vaqtida murabbiy sifatida Navbahor, Mashal, Paxtakor singari mamlakatimizning nomdor jamoalarini boshqarib, sezilarli yutuqlarni qo'lga kiritgan Viktor Romanovich endilikda Andijon jamoasining ravnaqi yo'lida astoydil mexnat qilish uchun bel bog'ladi. Jalilov hozirda bosh murabbiy Ildar Sakaevga selekciya ishlari bo'yicha keng ko'lamda yordam berayotganini aytish lozim.



Shuningdek bosh murabbiyga yangi mavsumda yana bir taniqli mutaxassis Amet Memet yaqindan yordam beradigan bo'ldi. O'z vaqtida ma'lum muddat bosh murabbiy sifatida  Andijonni boshqargan Amet Abdullaevich endilikda katta murabbiy lavozimida faoliyat yuritadigan bo'ldi. Bir necha yillardan buyon, Ukrainada istiqomat qilib kelayotgan Memet hozirda Andijonga yuqori saviyadagi legionerlarni jalb etish yuzasidan ish olib borayotganini takidlash lozim. Tez kunlarda Amet Memet Andijonga tashrif buyuradi.

Ma'lumot uchun burgutlar dekabr oyidagi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'z qarorgohida olib boradi. Jamoaning yangi mavsumga tayyorgarlik rejasi haqida keyinroq batafsil ma'lumot beramiz.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Андижон” матбуот хизмати