Viera qo'llab-quvvatlash uchun Gvardiolaga minnatdorchilik bildirdi

Aslanov Jasurbek
9 dek 2016, 13:45
"Nyu-York Siti" bosh murabbiyi Patrik Viera "Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiolaga qo'llab-quvvatlash uchun minnatdorchilik bildirdi.

"Men Gvardiolaning mashg'ulotlarini kuzatdim, u bilan ish borasida suhbatlashdim. "Manchester Siti" va "Nyu-York Siti" bir-biri bilan bog'liq. Gvardiola biz o'tkazgan bir nechta uchrashuvni ko'rib, biz nimani o'zgartirishimiz kerakligini aytdi.

Nima bo'lishini bilmaymiz, ammo murabbiylik sirlarini o'rganyapman. "Manchester Siti"da menga ishonadigan insonlar bor" - deydi Viera.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal