

"Jar" stadionining zaxira maydonida o'tgan mashg'ulotda yig'inga chaqirilgan futbolchilar ishtirok etishdi. Faqat legionerlar FIFA kuniga yaqin yurtimizga yetib kelishadi.
Jarohat olgan Shuhrat Muhammadiev va Sherzod A'zamov o'rniga Akmal Shorahmedov va Murod Xolmuhammedov yig'inga qo'shildi. Bugungi mashg'ulotning 15 daqiqasi OAV uchun ochiq bo'ldi.
Dastlab futbolchilar maydon markaziga yig'ilib Ektor Kupyerdan kerakli tavsiyalar olishdi. Mashg'ulotni esa Kuperning yordamchilari olib borishdi. Darvozabonlar bilan Denis Ivankov ishladi.







TAS-IX
TAS-IX emas



