Vidal Janubiy Amerika klubiga o'tishi mumkin

Sherzod Nurmatov
25 iyul 2021, 21:59
Chililik xavbek Arturo Vidal katta ehtimol bilan ushbu yozda "Inter"dan ketadi.

Xabarlarga qaraganda, yarim himoyachiga Janubiy Amerikaning 3 ta klubi qiziqmoqda: "Boka Xuniors", "Amerika" va "Flamengo".

"Boka" Vidalga katta maosh to'lashga qodir emas, Meksikaning "Amerika" klubiga o'tish esa o'yinchining o'ziga maqul kelmayapti, "Flamengo" varianti maqul, biroq Braziliya jamoasi hali muzokaralarga kirishmagan.

Vidal o'tgan mavsumda A Seriyada 23 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport