Veynaldum: “Yana g'alaba qozonish yoqimli”

Aslanov Jasurbek
16 noya 2020
Niderlandiya terma jamoasi safida Bosniya va Gertsegovina termasiga qarshi o'yinda (3:1) dublga erishgan Jorjinio Veynaldum bahsdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“So'nggi bor g'alaba qozonganimizdan so'ng oradan 5 ta o'yin o'tgandi. Shu bois yana g'alaba qozonish yoqimli bo'ldi. Bizda Ispaniyani mag'lub etish imkoniyati bor edi. Biroq buni uddalay olmadik. Bu esa bizni biroz xafa qilgandi. Agar raqib jarima maydoniga yaqinroq hududda o'ynasam, tez-tez uning ichiga ham kirib turishim mumkin bo'ladi. Bu bahsda esa 10-raqam vazifasini bajardim. O'zimdan kutilgan narsalarni qildim. Shunchaki o'z ishimni bajardim”, - deydi Veynaldum.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA