Vetnam U-23 - O'zbekiston U-23 1:2. Chempionlarga qo'yilgan ballar

Tolibjon Qosimov
28 yanv 2018, 11:22
Kecha Xitoyda bo'lib o'tgan U-23 Osiyo chempionati o'z yakuniga etdi.

Unda Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi g'olib bo'ldi. Vakillarimiz kecha o'tkazilgan final bellashuvida Vetnamni 2:1 hisobida taslim etishdi va chempionga aylanishdi.


Saytimiz ijodkorlari Vetnam U-23 - O'zbekiston U-23 (1:2) uchrashuvidan so'ng chempion bo'lgan o'yinchilarimizni ballik tizimda baholab chiqishdi.

Quyida futbolchilarga qo'yilgan baholar bilan tanishing:

Darvozabon: 
Botirali Ergashev - 10 ball

Chap qanot himoyachisi: Akrom Komilov - 10 ball
Markaziy himoyachi: Rustam Ashurmatov - 10 ball
Markaziy himoyachi: Doston Tursunov - 10 ball
O'ng qanot himoyachisi: Abbos Otaxonov - 10 ball

Tayanch yarim himoyachisi: Odiljon Hamrobekov - 10 ball
Markaziy yarim himoyachi: Aziz G'aniev - 10 ball
Markaziy yarim himoyachi: Javohir Sidiqov - 10 ball

Vinger: Doston Hamdamov - 10 ball
Vinger: Jasur Yaxshiboev - 10 ball
Hujumchi: Zabihillo O'rinboev - 10 ball

Zaxiradan tushganlar:
Doniyor Narzullaev - 10 ball
Bobir Abdixoliqov - 10 ball
Andrey Sidorov - 10 ball


Stadionda deyarli 4 soat davomida futbolchilarimizni qo'llab turgan muxlislarimiz - 10 ball

Bosh murabbiy: Ravshan Haydarov - 10 ball


Futbolchilar 10 ballik tizimda baholandi. Yana bir bor barchangizga g'alaba muborak!

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia