Vetnam O'zbekistonga qarshi uchrashuv oldidan Chad bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
7 noya 2013, 09:14
Xabaringiz bor 15 noyabr kuni Vetnam OK-2015 saralash doirasidagi 4-tur uchrashuvini O'zbekiston Milliy terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Vetnam terma jamoasi uchun hayot-momot uchrashuviga ushbu terma jamoa jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Vetnam OAV bergan intervyusida terma jamoasi 13 noyabr kuni Afrika qitasi vakili Chadga qarshi nazorat uchrashuvi bo'lib o'tishini aytdi. Bu uchrashuv Xanoy shahrida o'tkaziladi. Ushbu ma'lumotni VFA ham tasdiqlagan.

Eslatib o'tamiz, Toshkentda bu jamoalar o'rtasidagi uchrashuv O'zbekiston terma jamoasining 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan tugagandi. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia