Vetnam klubi posboni atayin o'tkazgan gollari uchun diskvalifikaciya qilindi

Aslanov Jasurbek
22 fev 2017, 16:40
Vetnamning "Dongtam Longan" klubi ikki futbolchisi "Xoshimin Siti"ga qarshi bahsdagi harakatlari uchun ikki yilga diskvalifikaciya qilindi.

2:2 bo'lib turgan vaqtda hakam "Dongtam Longan" darvozasi tomon penalti belgiladi, posbon esa bunga etiroz bildirdi va zarba berayotgan futbolchiga teskari turib gol o'tkazib yubordi. Keyin jamoa atayin yana 2 ta gol o'tkazdi.

Ikki futbolchidan tashqari, "Dongtam Longan" prezidenti va bosh murabbiyi 3 yilga diskvalifikaciya qilindi. Murabbiy 624 evro, prezident esa 833 evro jarima to'lashi kerak. Klub ham 4168 evro miqdorida jarimaga tortildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: vtv.vn