Vetnam Futbol Federatsiyasi rasmiy sayti Denisov bilan Jeparovni almashtirib yubordi

14 noya 2013, 21:01
Xabaringiz bor bugun ertaga Milliy terma jamoamiz Vetnamda OK-2015 saralash doirasidagi 4-turni Vetnam terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Bugun ushbu uchrashuv oldidan har ikki jamoa bosh murabbiylari va jamoa futbolchisi bilan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. O'zbekiston Milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov bilan birga ishtirok etgan Vitaliy Denisov ertangi o'yin  haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Vetnam juda yaxshi jamoa ammo ularni mag'lub etishimiz shart. Ularning tarkibida 19 raqamli o'yinchini alohida tilga olgan bo'lar edim. Toshkentdagi o'yinda jamoa sardori sifatida maydonga tushgan va o'yinda ancha yaxshi taassurot qoldirgan edi, - dedi Denisov.

  Shunga qaramay Vetnam Futbol Federatsiyasi rasmiy saytida ushbu so'zlarni Server Jeparov nomidan aytilgan deya bermoqda. Undan teparog'ida esa ushbu matbuot anjumanida FOTO taqdim etilgan va bunda ham aynan Denisovni Jeparov deb izohlab o'tgan.

Manba: championat.asia