"Vest Xem" yanvarda Maguayr bilan shartnoma imzolamoqchi

Mirjalol Normatov
14 okt 2023, 00:15
"Vest Xem" yana bir marta Xarri Maguayr bilan shartnoma imzolash uchun harakat qilib ko'radi.

"ESPN" ma'lumotiga ko'ra, qishda London klubi "Manchester Yunayted" bilan himoyachi transferi borasida muzokaralar olib boradi. Qayd etilishicha, "bolg'achilar" futbolchisi Kurt Zuma qishda Saudiya Arabistoni chempionatiga yo'l olishi kutilmoqda. Maguayr esa "Vest Xem"da uning o'rnini bosishi kerak bo'ladi.

Ushbu mavsumda Maguayr APLda 3 o'yinda qatnashib, 1 assist muallifi bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN