"Vest Xem" Uilshir bilan shartnomani bekor qiladi

Alisher
11 sen 2020, 18:00
Jiddiy tarzda jarohat olgan 28 yoshli angliyalik futbolchi ortiq "Vest Xem"ga kerak emas.

Klub "Vest Xem" bilan 2021 yilning iyuniga qadar shartnoma tuzgan futbolchi bilan bitimni bekor qilmoqchi.

Uilshir 2019/20 yilgi mavsumda 10ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi. Yarim himoyachi mavsumning katta qismini jarohat sabab o'tkazib yubordi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi bunga qadar "Bornmut", "Bolton" va "Arsenal" klublari sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: TalkSPORT