

59 yoshli shotlandiyalik mutaxassisning klub raisi bilan munosabatlari keskinlashib bormoqda.
"Bolg'achilar" rag'barichti jamoa murabbiyiga mavsum o'rtasidagi tanaffusga qadar chidab turmoqchi. Moyes JCH-2022 yakuniga etgach APLning "Arsenal"ga qarshi "Boksing dey"dagi o'yinda jamoani boshqarib boradi. Devidning bo'shatilishiga "Vest Xem"ning past natijalari, jumladan, mundialdan avvalgi 3 ta o'yinda mag'lub bo'lgani va klub rahbarlarining yangi futbolchilarni xarid qilishda tutadigan yo'liga qarshiligi asosiy sabablar sifatida ko'rsatilmoqda.
"Vest Xem" ayni paytda Angliya chempionati turnir jadvalida 14 ochko to'plagan holda 16-pog'onani "Everton" bilan bo'lishib turibdi.



