"Vest Xem" Manchini nomzodidan voz kechgan ekan

Aslanov Jasurbek
10 noya 2017, 17:28
"Zenit" ustozi Roberto Manchiniga qiziqish bildirgan "Vest Xem" rahbariyati uning nomzodidan voz kechgan ekan.

Manchini "Vest Xem"da har yili 15 mln. funt ishlab topmoqchi edi, ayni damda "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo yiliga shuncha maosh oladi. Shu bilan birga mutaxassis Italiyaga borib kelish uchun 52ta bizness-klass reysi va yana 10ta shaxsiy samolyotlik reys talab qildi.

Natijada "bolg'ali jangchilar" Manchini variantidan voz kechishdi va Devid Moyesni tanlashdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun