"Vest Xem" "Man Siti" himoyachisi uchun 20 million evro taklif qilmoqda

Alisher
31 iyul 2020, 18:05
"Vest Xem" "Manchester Siti" himoyachisi Jon Stouns bilan yozda shartnoma imzolamoqchi.

London klubi futbolchi uchun 20 million evro to'lashga tayyor. Qayd etish kerakki, "Vest Xem" "Arsenal" o'yinchisi uchun bo'lgan kurashda g'olib bo'ldi.

Stounsning xizmatlariga shuningdek "Everton" va "Nyukasl" klublari ham qiziqmoqda. Himoyachi yakunlangan APL mavsumida 16ta o'yinda maydonga tushdi.

Futbolchi "Manchester Siti"ga 2016 yilda "Everton"dan 47,5 million funt evaziga o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Star