"Vest Xem" Fellaynini nishonga oldi

Alisher
31 avg 2020
"Shandun Lunen" xavbeki Maruan Fellayni "Vest Xem" qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.

Klub bosh murabbiyi Devid Moyes u bilan birga "Everton" va "Manchester Yunayted"da ishlagan sevimli futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi.

Shotlandiyalik mutaxassis klub rahbariyatidan transferni muhokama qilish uchun Xitoy klubi bilan aloqaga chiqishni so'ragan.

Fellaynining o'zi ham Xitoy chempionatidan ketmoqchi. Futbolchi joriy mavsum Xitoy Superligasida 8ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports