"Vest Xem" "Barselona" futbolchisi bilan muzokaralar o'tkazmoqda

Mirjalol Normatov
26 may 2019, 17:33
"Vest Xem" "Barselona" futbolchisi Andre Gomeshning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"The Times" xabariga ko'ra, London jamoasi uning transferi uchun 20 million evro sarflashga tayyor turibdi.

Shuningdek, unga "Everton" va "Tottenxem" ham da'vogarlik qilmoqda. Bu mavsumda 25 yoshli Gomesh ijara asosida "Everton" tarkibida 29 o'yinda qatnashdi va 1 gol urib, 2 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Times