"Vest Bromvich" yangi bosh murabbiyni ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
24 iyun 2021
"Bavariya"ning sobiq himoyachisi Valeren Ismael "Vest Bromvich" bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi.

45 yoshli francuz ingliz klubi bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekdi. Ushbu tayinlanuv uchun "Vest Bromvich" murabbiyning oldingi ish joyi "Barnsli"ga kompensaciya pulini to'ladi.

"Vest Bromvich" o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, 19-o'rinni egallab, chempionshipga tushib ketdi. O'tgan mavsumda jamoani Sem Ellardays boshqargandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/WBA