

29 yoshli futbolchi xizmatlariga "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda, ammo "Vest Bromvich" o'z futbolchisini sotmoqchi emas.
"Biz Jonni borasidagi taklifni rad etdik. Bugun u shikastlanish tufayli tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak. Klub Evansni sotishga muhtoj emas. Bu ishni amalga oshirishimiz uchun juda yaxshi taklif olishimiz lozim. Jonni hammasini tushunadi va jamoada ekanligidan xursand. U futbolchilarimizning eng yaxshilaridan biri" - deydi "Vest Bromvich" bosh murabbiyi Toni Pyulis.


